Amerikalik basketbolchi Kemeron Mur 25 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning sog‘lig‘idagi muammolar 2015-yilda yuzaga chiqdi — o‘shanda basketbolchi kutilmaganda hushidan ketib qolgan edi. Shifokorlar unga kardiomegaliya — yurakning patologik kattarishi tashxisini qo‘ydi.
Hushidan ketgani hamon komaga tushib qolgan basketbolchi bugun, 5-oktabr kuni olamdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Mur AQSh, Ukraina va Italiya basketbol jamoalari tarkibida faoliyat yuritgan.