Sumka — juda qulay aksessuar bo‘lib, haqiqiy sifatli sumkalar arzon turmaydi. Shuning uchun garderobimizda ular 2—3 tadan ko‘p emas. Tanlovda adashmaslik va aynan o‘zingizga mosini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim? Keling, omadli xaridning asosiy qoidalarini tahlil qilamiz.
Agar sumka xarid qilish bilan birga pullaringizni tejab qolishni istasangiz, sizga klassik variantni taklif qilamiz. Ular bilan ishga ham, bayram tadbirlariga ham borish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunda libos bilan bitta umumiy rangga urg‘u berish kerak bo‘ladi. Ideal ranglar — qora, kulrang va och jigar rangning barcha turlari hamda ko‘zga tashlanmaydigan ranglar hisoblanadi. Barchasi kiyim javoningizda ustunlik qiluvchi rangga bog‘liq.
Aksessuar qomatingiz afzalliklariga urg‘u berishini istasangiz, uni aql bilan tanlash lozim.
Masalan, agar soningiz ingichka, belingiz yo‘q bo‘lsa, son balandligida taqib yurish mumkin bo‘lgan sumka tanlashingiz kerak. Bu yo‘l bilan siz kerakli joyda vizual hajm yaratishingiz mumkin.
Agar sonlaringiz keng va belingiz ingichka bo‘lsa, sizga bel balandligidagi variant mos keladi. Qomati “to‘g‘ri uchburchak” shaklidagi ozg‘in qizlar tekstura bezakli kichikroq sumkalar tanlagani ma’qul. Semiz qizlar esa katta sumkalarga e’tibor qaratishi lozim, chunki kichkina sumkalar ularning ko‘rinishini yanada yiriklashtiradi.
Umuman olganda esa, aksessuar tanlashda uning qulayligi, sifati va o‘z hissiyotlaringizga tayanishingiz lozim. Agar siz bejirim klachni “sevib qolsangiz”, uni albatta xarid qiling — u sizning kayfiyatingizni ko‘taradi, kayfiyat yaxshiligi esa — eng asosiysi!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)