Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gonkong politsiyachilari internetda xit darajasiga ko‘tarilgan The Story Of Pen Pineapple Apple Pen qo‘shig‘iga o‘xshatma klip oldi.

Foto: Facebook / Hongkong Police Force

Foto: Facebook / Hongkong Police Force
Huquq-tartibot xodimlari klip uchun asos sifatida qo‘shiq mazmunini oldi va undagi so‘zlarni “kamar” (belt) va “to‘qa”ga (buckle) almashtirib, ularni birlashtirish va taqib olishni (buckle up) taklif etdi.

“Kamar taqing, bu hayotingizni saqlab qolishi mumkin”, — deyiladi rolik yakunida.

Video 28-sentabr, chorshanba kuni Gonkong politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi va ikki kun mobaynida bir milliondan ortiq marta ko‘rildi.

[fbvideo link="https://www.facebook.com/HongKongPoliceForce/videos/1191065174314778/" width="600" height="350" onlyvideo="1"]

Ma’lumot uchun, yaponiyalik ijrochi Piko-Taroning The Story Of Pen Pineapple Apple Pen qo‘shig‘iga olingan original klip Facebook’ning o‘zida kamida 60 million marta tomosha qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)