KXDR mutaxassislari va tegishli idoralari yadroviy qurol ustidagi ishlanmalarni asosan yakunladi. Bu haqda, Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchixonasi tarqatgan matbuot xabarnomasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Aftidan, bu mamlakat o‘z tadqiqotlarini, yadroviy qurol ishlanmalarini yakunlaganiga bo‘lgan ishonchning to‘la ifodasidir”, — deyiladi hujjatda.
Xabarnomada ta’kidlanishicha, oxirgi sinovlar chog‘ida uskunaning o‘ziga xos jihatlari uzil-kesil tekshiruvdan o‘tkazilib, tasdiqlangan.
Izoh (0)