Angolada AQShning Chevron kompaniyasi vertolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Vertolyot Kabinda provinsiyasidagi Tombua-Landana neft platformasiga yo‘l olgan edi. U manzilga yetib bormaganidan so‘ng vahima ko‘tarildi.
Vertolyotda, uchuvchidan tashqari, besh yo‘lovchi bor edi. Ulardan bir nafari kompaniya xodimi, to‘rt nafari esa pudratchi kompaniyalar ishchilari edi.
Voqea joyida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Operatsiyaga 19 kema va uch vertolyot jalb qilindi.
Izoh (0)