Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

LG kompaniyasi yangi LG V20 musiqiy flagmanini rasman taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.  Smartfon bildirishnomalar chiqib turadigan qo‘shimcha ekran, qo‘sh kamera va ovoz imkoniyatlarini kengaytirish uchun raqamli-analogli o‘zgartirgichga ega bo‘ldi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

LG V20 aynan raqamli-analogli o‘zgartirgich tufayli musiqiy flagman deb ataladi. Bundan tashqari, u yap-yangi Android 7.0 Nougat operatsion tizimida chiqarilgan birinchi smartfondir.

Qurilma Quad Hi-Fi Audio’ni qo‘llab-quvvatlaydi, akustik tizim Bang&Olufsen bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Modul raqamli axborotni karnaylar, dinamiklar yoki naushniklar uchun analogli signalga aylantiradi. Natijada foydalanuvchi audioni sifati yo‘qolmagan va hajmi kichraytirilmagan holatda eshitadi.

Qo‘shimcha ekran bildirishnomalar chiqib turishi uchun zarur, bu smartfon energiyasini tejash imkonini beradi.

Smartfonga Qualcomm Snapdragon 820 chipseti, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira (+microSD, 2 terabaytgacha), 5,7 dyuymli va 2560×1440 pikselli asosiy ekran hamda 2,1 dyuymli va 160×1040 pikselli qo‘shimcha ekran, 16 megapiksel va 8 megapikselli qo‘sh kamera, 5 megapikselli old kamera, 3200 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...