Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-sentabr, seshanba kuni Dohada bo‘lib o‘tgan JCh—2018 saralash uchrashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, “A” guruhi peshqadamiga aylandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona gol uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga to‘rt daqiqa qolganida himoyachi Yegor Krimets tomonidan kiritildi. Golga ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Aleksandr Geynrix hammualliflik qildi.
Futbolchilar ushbu golni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.
Izoh (0)