Futzal bo‘yicha JCh—2016 bellashuvlariga hal qiluvchi tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston termasi Portugaliyaning Portu shahriga yetib keldi.
Eronda mamlakat bosh jamoasiga qarshi ikki uchrashuv o‘tkazib, har ikkisida ham imkoniyatni boy bergan Xose Mariya Mendes jamoasi 1-sentabr kuni Porutagaliya, 2-sentabr kuni Ispaniya bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Portugaliyadan keyin O‘zbekiston termasini bosh murabbiy Mendesning vatani Ispaniyada uch kunlik yig‘in kutib turibdi. 6-sentabr kuni Kolumbiyaga yetib boradigan jamoa, ertasi kuni Italiya termasiga qarshi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
JCh—2016 ning ochilish o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi 10-sentabr kuni Panamaga qarshi kurash olib boradi.
Izoh (0)