Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridan qaytgan ikki nafar hindistonlik sportchi qizda cho‘chqa grippi aniqlandi, ular shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda NDTV’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Rio–2016 Olimpiadasining marafon bahslarida ishtirok etgan Orchatteri Jaishaning qon tahlilida cho‘chqa grippi nomini olgan H1N1 virusi aniqlandi va u shifoxonaga yotqizildi.
Avvalroq shifoxonaga boshqa bir yengil atletikachi, Rio–2016 ning 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida qatnashgan Sudxa Singx yotqizilgandi. Riodan yuqori harorat bilan qaytgan Singx Zika virusi taxmini bilan shu zahoti kasalxonaga yotqizildi. Ammo tahlil natijalari sportchi H1N1 virusidan aziyat chekayotganini ko‘rsatdi. Jaisha va Singx olimpiya shaharchasidagi uyda birga yashagan.
Shifokorlar yengil atletikachi qizlar bilan muloqotda bo‘lgan va Rioda ularga yaqin yashagan Hindiston termasining boshqa a’zolarini ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi.
Izoh (0)