O‘zbekistonlik kurashchi Dilshod Turdiyev Rio—2016 Olimpiadasining birinchi jangida serbiyalik Viktor Nemeshga qarshi gilamga chiqdi va imkoniyatni boy berdi.
75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bu jang 1/8 final doirasida o‘tkazilgandi. 2:6 hisobidagi mag‘lubiyatidan keyin Dilshod Turdiyev chorak finalga yo‘llanma ola bilmadi.
Biroz avvalroq serbiyalik boshqa bir sportchi Kristiyan Frisni mag‘lub etgan o‘zbekistonlik Elmurod Tasmurodov medallar uchun kechadigan chorak final jangini shimoliy koreyalik Yun Von Chxolga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.
Izoh (0)