Apicorp banki va Saudiya Arabistoni Milliy kemasozlik kompaniyasi (Bahri) VLCC toifasidagi 61 ta yirik tonnajli tankerlarni sotib olishga 1,5 milliard dollar ajratadi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Xolid al-Falih bayonot berdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Qo‘shimcha 15 ta tanker Bahri flotiga qo‘shiladi, bu uni dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyasiga aylantiradi”, — dedi vazir.
Bunga qadar u 46 ta kema sotib olinishini ma’lum qilgan edi.
Bir kun muqaddam Xolid al-Falih Saudi Aramco kompaniyasiga jahon talabini qondirish uchun ko‘proq tanker kerak bo‘lishini aytib o‘tgan edi. Kompaniya dunyodagi tanker yetkazmalarining 20 foizini qoplaydi.
Bugungi kunda dunyodagi eng yirik tanker floti Xitoyning China Merchants Group kompaniyasiga tegishli — u 53 kemadan iborat. Bahri esa Aramco bilan birga 36 ta yirik tonnajli tankerni tasarruf qiladi.
Izoh (0)