Turkiyaning Mersin shahri mezbonlik qilgan va 12 mamlakatning 48 nafar sportchisi ishtirok etgan World Challenge Cup turnirida o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina ikki bor shohsupaga ko‘tarildi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi rasmiy saytida keltirilishicha, Oksana Chusovitina turnirda 1 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqqan. Tayanib sakrash bellashuvlarida 41 yoshli o‘zbekistonlik sportchiga hech kim teng kela olmagan bo‘lsa, yakkacho‘pda u kumush medal bilan cheklangan.World Challenge Cup turnirida mezbon Turkiya va O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Vengriya, Gonkong, Iordaniya, Kolumbiya, Gollandiya, Polsha, Sloveniya, Xorvatiya kabi mamlakat sportchilari ishtirok etdi. Bu musobaqa Oksana Chusovitina uchun Rio—2016 Olimpiadasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.