Tez orada barpo etiladigan 10 ta hayratlanarli bino (foto)
AdMe ayni paytda barpo etilayotgan va bizni asta-sekinlik bilan yangi davrga olib boradigan binolar loyihalari bilan tanishtirdi.
“Laxta-sentr”, Sankt-Peterburg
Foto: AdMeFin bo‘g‘ozi qirg‘og‘idagi 87 qavatli osmono‘par bino “Gazprom neft” rasmiy bosh qarorgohiga aylanadi. U Yevropadagi eng baland bino bo‘lishi kutilmoqda.
Dubai Towers — The Lagoons
Foto: AdMeBirlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashadigan ulkan majmua o‘z ichiga suv yo‘llari, portlar, hayratlanarli manzaralar va yangi osmono‘par binolarni oladi.
Tangachasimon minora, Chjuxay (Xitoy)
Foto: AdMeChjuxay shahridagi ikkita daryo kesishgan nuqtada 100 metrli tomosha maydoni quriladi. Sal buralgan minoraning ko‘rinishi baliq tanasini eslatadi, u tangachalarga o‘xshash teshik-teshik alyuminiy bilan qoplangan.
“Raqs tushayotgan ajdarlar”, Seul
Foto: AdMeSeulning Yonsan dahasida qad ko‘taradigan majmua 88 va 77 qavatli ikkita minoradan iborat, ular tashqi tomondan ajdar terisiga o‘xshatib bezatiladi.
Bepoyon shahar, London
Foto: AdMeUshbu osmono‘par bino qavatlari o‘ziga xos panduslar yordamida hosil bo‘ladi. Asosiysi, u yerda juda ko‘p yashil hududlar va bog‘lar mavjud bo‘ladi.
Cheksiz uy, Sidney
Foto: AdMeQimmatbaho restoranlari bo‘lgan yangi “Infiniti” deb nomlanuvchi serhasham uy Sidneyda qad ko‘taradi.
Yevropa spirali, Bryussel
Foto: AdMeUshbu loyihaning nomi va u Bryussel uchun mo‘ljallangani ramziy ma’noga ega, axir aynan shu shaharda Yevroittifoq bosh qarorgohi joylashgan. Loyiha Yevropa hamdo‘stligi mamlakatlarining aloqasi va madaniy qadriyatlarini namoyish qilishga qaratilgan.
City of Dreams mehmonxona majmuasi, Makao (Xitoy)
Foto: AdMeYangi 40 qavatli besh yulduzli mehmonxona me’morchilik dunyosining afsonasi — Zaxa Hadidning loyihasi hisoblanadi, shuning o‘zigina u dunyodagi eng g‘aroyib binolardan biri bo‘lishidan darak beradi.
“Lava” bionik minorasi, Abu-Dabi
Foto: AdMeUshbu osmono‘par bino konstruksiyasi nafaqat me’morlar, balki biologlar tomonidan ham ishlab chiqilgan: ular hamkorlikda daraxtlarning o‘sishi tamoyili va ularning himoya mexanizmlariga asoslandi.
Bionik shahar, Shanxay
Foto: AdMe
15 yildan so‘ng Xitoyda 100 ming kishi yashashi uchun mo‘ljallangan minora shahar quriladi. Bionik arxitektura qonunlariga ko‘ra yaratiladigan inshoot yong‘in, suv toshqini, zilzila va bo‘ronga qarshi tura oladi.
Izoh (0)