Sport kiyim-boshi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Puma kompaniyasi Yevro–2016 da Fransiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda Shveysariya o‘yinchilarining futbolkalari nima sababdan yirtilib ketganini aniqlashga va’da berdi. Bu haqda TJournal xabar qilmoqda.
Kompaniya vakili jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ekspertlar materialni o‘rgana boshlaganini, aniqlangan sabablar keyinroq oshkor etilishini bildirdi.
Puma ust-boshlaridan besh terma jamoa foydalanadi, va ularda hozirgacha bunday muammo kuzatilmagan, deb qo‘shimcha qildi kompaniya vakili.
Eslatib o‘tamiz, Yevro–2016 “A” guruhi 3-turi doirasidagi Fransiya–Shveysariya o‘yinida besh shveysariyalik futbolchining egnidagi forma yirtilib ketdi. Shveysariya terma jamoasi liboslari Puma kompaniyasi tomonidan tayyorlangandi.
O‘yin chog‘ida Twitter’da #trikotgate tegidan keng foydalanildi. Shu yo‘l bilan servis foydalanuvchilari yuzaga kelgan vaziyat ustidan kuldi. Ijtimoiy tarmoqlarda mavzuga doir fotoshoplar va hazillar paydo.
O‘sha o‘yin paytida Adidas tomonidan tayyorlangan to‘p ham yorilib ketdi.
Izoh (0)