Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple Donald Tramp tufayli iyulda Klivlenda bo‘lib o‘tadigan va AQSh prezidentligiga nomzod ilgari suriladigan respublikachilar syezdini moliyalashtirishdan bosh tortdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kompaniya avval ko‘rsatib kelgan qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishiga milliarderning ayollar, muhojirlar va ozchilik toifa haqidagi bahsli fikrlari sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Tramp o‘z vaqtida qurilmalaridagi ma’lumotlarni oshkor etishni istamagani uchun Tim Kukni tanqid qilgan va Apple mahsulotlarini xarid qilmaslikka chaqirgandi.

Boshqa texnologik kompaniyalar —Facebook, Google, Microsoft respublikachilar syezdiga yordam ko‘rsatishda davom etadi. Apple Filadelfiyada yozda bo‘lib o‘tadigan demokratlar syezdini moliyalashtirishda ishtirok etish-etmasligi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi