Yevro—2016 guruh bosqichida Angliya bilan durang o‘ynagan va Slovakiyaga imkoniyatni boy bergan Rossiya milliy terma jamoasida bosh murabbiy o‘zgaradi. Bu haqda “Chempionat” “Sport_inside”ning Twitter’dagi sahifasiga asoslanib xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Yevro—2016 da Rossiya qayd etayotgan natijalar sabab mamlakat Futbol Uyushmasi yangi bosh murabbiy izlash ishlarini boshlab yuborgan.
Qayd etish kerak, Moskvaning “SSKA” klubi ustozi hisoblangan Leonid Slutskiy 2015-yilning avgust oyida Rossiya milliy terma jamoasini italiyalik mutaxassis Fabio Kapellodan qabul qilib olgandi. Uning boshchiligida rossiyaliklar Fransiya mezbonligidagi Yevro—2016 musobaqasiga yo‘llanma oldi.
[playbuzz-item playbuzz_url="muhrima10/rossiya-terma-jamoasining-yevrodagi-ishtiroki-haqida-qanday-fikrdasiz"]
Izoh (0)