Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lenovo’ning YouTube’dagi kanalida Motorola RAZR V3 “asosiy qahramon” bo‘lgan tizer joylashtirildi. Kompaniya shu tariqa afsonaviy “buklama” tiklanishi mumkinligi shama qilgandek bo‘ladi, deya xabar beradi TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Rolikda kompaniya RAZR V3 yoshlar o‘rtasida nihoyatda ommalashgan 2000-yillar boshlariga qaytgandek bo‘ladi. Motorola o‘ta ingichka va yengil, klaviaturasi nurlanib turadigan, korpusi magniy va alyuminiydan ishlangan, narxi esa 700 dollar atrofida bo‘lgan “buklama”dan ikki yil mobaynida 50 milliondan ko‘proq sotgandi (jami 130 million RAZR V3 xaridorini topgan).

2016-yil 9-iyunda, Lenovo Tech World konferensiyasida kompaniya aynan qanday qurilmani taqdim etilishi noma’lum. Engadget taxminiga ko‘ra, bu Android asosida qayta ishlab chiqarilgan RAZR V3 bo‘lishi mumkin, shu bilan birga, gap Motorola’ning yangi mahsulotlari haqida ketayotganligi ham ehtimoldan xoli emas.

Ma’lumot uchun, Lenovo 2014-yili Google’dan Motorola mobil yo‘nalishini 2,91 milliard dollarga xarid qilgandi. Bundan ikki yil oldin esa Google uni 12,5 million dollarga sotib olgandi.

https://youtu.be/RVzE1YS9UWM

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi