BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Janubiy Sudan isyonchilarining yetakchisi Riyek Masharni zudlik bilan mamlakat poytaxti Jubaga qaytish va mojaroni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish jarayoniga tahdid qiluvchi yangi shartlarni ilgari surmaslikka chaqirdi. Bu haqda, bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Pan Gi Mun Janubiy Sudan Respublikasi hukumatining kelishuv bo‘yicha bitim yuzasidan qarorini ma’qullaydi. Tinchlik bitimining bajarilishini nazorat qilish komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur kelishuv 2015-yilning avgustida imzolangan edi.
Ushbu hujjatga muvofiq, mamlakatda milliy birlik o‘tish hukumati tashkil etilishi lozim. Unda Mashar vitse-prezident lavozimini egallaydi, uning muxolifatchisi Salva Kiir esa davlat rahbari lavozimini saqlab qoladi. Isyonchilar yetakchisining poytaxtga qaytishi 12-aprelga rejalashtirilgan edi.
Izoh (0)