2016-yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarining futbol turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning erkaklar o‘rtasidagi turnirida 16 ta terma jamoa, ayollar musobaqasida esa 12 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Erkaklar o‘rtasidagi turnirda mezbon Braziliya olimpiya terma jamoasi o‘z guruhida JAR, Iroq hamda Daniyaga qarshi bellashadigan bo‘ldi.
“A” guruhi. Braziliya, JAR, Iroq, Daniya.“B” guruhi. Shvetsiya, Kolumbiya, Nigeriya, Yaponiya.“C” guruhi. Fiji, Janubiy Koreya, Meksika, Germaniya.“D” guruhi. Gonduras, Jazoir, Portugaliya, Argentina.
2012-yilgi yozgi Olimpiadaning futbol turnirida Meksika terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Braziliya 2, Janubiy Koreya 3, Yaponiya esa 4-o‘rinni egallagan.
Olimpiadaning ayollar futboli turnirida 12 ta terma jamoa 3 ta guruhga taqsimlandi va odatga ko‘ra guruh nomlari erkaklar turnirining mantiqiy davomi sifatida davom ettirildi.
“E” guruhi. Braziliya, Xitoy, Shvetsiya, JAR.“F” guruhi. Kanada, Avstraliya, Zimbabve, Germaniya.“G” guruhi. AQSh, Yangi Zelandiya, Fransiya, Kolumbiya.
2012-yilgi Olimpiadaning ayollar futboli turnirida AQSh terma jamoasini g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Rio Olimpiadasining futbol turniri 3—20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi unda ishtirok etish huquqini 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatidan keyin boy bergandi.
Izoh (0)