6-martga o‘tar kechasi superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev avstraliyalik Lukas Braunga qarshi jang o‘tkazdi. Ushbu jang oldidan Yulduz Usmonova O‘zbekiston davlat madhiyasini jonli ijro etdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Grozniydagi “Kolizey” Sport-Xollida bo‘lib o‘tgan jangda Ruslan Chagayev 12 raundlik jangning 10-raundida texnik nokautga uchrab, chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi.
Chagayev faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatini qabul qildi. Uning hisobida 34 ta g‘alaba (21 tasi nokaut bilan) va bitta durang bor. Braun esa faoliyati davomida 24 marta g‘alaba qozongan (21 ta nokaut) va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.
Mavzuga oid:
Izoh (0)