Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-fevraldagi farmoyishi (pdf) bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi, deb yozadi “Norma.uz”.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

2015-yil 5—6-noyabr kunlari Toshkent shahrida 550 dan ortiq xorijiy firmalar, kompaniyalar vakillari, moliya institutlari ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro investitsiya forumida investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish hamda xorijiy investorlar tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari aktivlarini sotib olish to‘g‘risida 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq shartnomalar, bitim va memorandumlar imzolangan edi.

Hujjatga muvofiq, Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha Komissiya tuziladi, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • forum natijalari bo‘yicha imzolangan kelishuvlar va memorandumlar yuzasidan, shuningdek, boshqa qarorlar bo‘yicha bir yo muddatda xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borishni yakunlash;
  • aktivlarni oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirish va uning o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlashni tashkillashtirish;
  • savdolarga qo‘yilgan hajmlardan ko‘proq (ulush) qo‘shimcha aksiyalar paketlarini xarid qilishga qiziqish bildirganligi to‘g‘risidagi xorijiy investorning takliflarini Xorijiy investorlarga davlat mulkini sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish Davlat komissiyasiga kiritish;
  • muqobil xorijiy investorlarning talabnomalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish va boshqalar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi