Mourinyo “Manchester Yunayted”da yiliga 20 million yevrodan ziyod maosh oladi
“Chelsi” jamoasi sobiq murabbiyi Joze Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan dastlabki shartnomani imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uch yilga mo‘ljallangan kelishuv shu yil yozidan kuchga kiradi. Ushbu muddat davomida portugaliyalik 61,7 million yevro maosh olishi bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Manchester Yunayted” o‘yinchilari va xodimlari Joze Mourinyo jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishiga qarshi chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar