Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni jahon bozorida neft narxini oshirish uchun uni qazib olish hajmini kamaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

U neft qazib olish hajmini hozirgi darajada saqlab qolish qarorini qo‘llab-quvvatladi, biroq Saudiya Arabistoni uni kamaytirishga tayyor emasligini qo‘shib qo‘ydi.

“Neft narxi bozordagi talab va taklif orqali baholanadi. Saudiya Arabistoni Qirolligi bozordagi ulushini himoya qilish niyatida”, — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni Saudiya Arabistoni va Rossiya dunyo bozorida neft xomashyosi keragidan ortiq bo‘lib ketgani tufayli, neft qazib chiqarish hajmini muzlatib qo‘yishga kelishib olgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?