Ukraina Oliy Radasi Rossiya Federatsiyasini Rossiya deb atashni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza. U Ukraina parlamenti joriy sessiyasi kun tartibiga kiritilgan.
Qonun loyihasi Oliy Radaga 2015-yil iyulida kiritilgan edi. Uning mualliflari Radikal partiyadan deputatlar Oksana Korchinskaya va Andrey Lozovoydir. Ular Rossiyani Moskoviya deb atashni taklif qilmoqda.
Qonun loyihasiga berilgan izohda Rossiya va Rus hozirgi Ukraina joylashgan hududning tarixiy nomlanishi ekanligi aytiladi. Korchinskaya fikricha, Rossiya nomining RF sinonimi sifatida ishlatilishi Ukraina davlat suverenitetiga tajovuz qilish va “Ukraina fuqarolariga Ukraina davlatchiligining ‘vaqtinchalik’ ekanligini tajovuzkorona eslatish” hisoblanadi.
Izoh (0)