Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Apple kompaniyasi 12 milliard dollarlik obligatsiyalarini tarqatdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Bu AQShda shu yil korporativ bondlar tomonidan joylangan obligatsiyalar hajmi bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi.

Foto: “Capital.ua”

Foto: “Capital.ua”

Apple obligatsiyalari to‘qqizta qismga bo‘lingan, ularning eng “uzuni” 30 yil davomida muomalada bo‘ladi. Qimmatbaho qog‘ozlar tarqatilishidan tushgan kirimni kompaniya aksiyadorlarni rag‘batlantirishga, shuningdek, umumiy maqsadlarga, jumladan aktivlar sotib olish va qarzlarni to‘lashga yo‘naltirmoqchi.

Xususan, Apple 2,5 milliard dollarlik 30 yillik bondlarni sotdi, ularning daromadliligi US Tresuries’ni 2,05 foizga ortda qoldirdi.

Shu bilan birga, kompaniya 1,5 milliard dollarlik yetti yillik “yashil bondlar”ni tarqatdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi