Daryo

Sinoptiklar Termizda oxirgi 32 yil ichidagi eng issiq qish kunini qayd etdi

Oxirgi marta bunday issiq ob-havo 1984-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati 18,4 darajani tashkil etgan edi

1 daqiqa o‘qish12 564 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Uz24

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, Termizda 9-yanvar kunduz kuni havo harorati 19 darajagacha issiq bo‘ldi. Bu haqda UZ24 xabar beradi.

Foto: Uz24

Oxirgi marta bunday issiq ob-havo 1984-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati 18,4 darajani tashkil etgan edi.

Havo haroratidagi bu kabi rekord mamlakatda Yangi yildan oldingi kunlardayoq yuzaga kelgan iliq ob-havo anomaliyasi davomida qayd etildi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 12—13-yanvar kunlari mamlakatdagi havo harorati kechasi 0—5 daraja, kunduzi 8—13 daraja issiqni tashkil etadi.

Avvalroq, Samarqandda ham 2-yanvar kuni havo harorati 21,3 rekord darajaga ko‘tarilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar