Pokistonda chegara qo‘shinlari avtomobili portlatilishi oqibatida 5 nafar harbiy halok bo‘ldi
Pokistonning Belujiston viloyati ma’muriy markazi Kvetta shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chegara qo‘shinlari avtomobili portlatilgan. Buning oqibatida besh nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar