Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Boris Nemsovning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qatnashchisi Anzor Gubashev so‘roq chog‘ida siyosatchini Beslan Shavanov o‘ldirganligini ma’lum qildi. Bu haqda uning advokati Musa Xadisovga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Anzor Gubashev.

Anzor Gubashev.
Foto: “Utro.ru”

“Bizga yakuniy ko‘rinishdagi ayblov e’lon qilindi. U o‘zining aybini tan olmadi. Gubashev ko‘rsatmalariga o‘zgartirish kiritdi va so‘roq chog‘ida Nemsovni B. Shavanov o‘ldirganini ma’lum qildi. U qotillik sodir etilgan kuni Qizil maydonda aylanib yurishgani va ZAZ mashinasida birga bo‘lishganini hikoya qildi. Shavanov undan haydovchi sifatida foydalangan, siyosatchini o‘ldirish niyati to‘g‘risida Gubashev hech narsa bilmagan”, — deya ta’kidlagan advokat.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Boris Nemsov o‘limi bilan bog‘liq tergovni 2016-yil 28-fevraliga qadar uzaytirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
Salomatlik
Yashirin kasallik: demensiya haqida nimalarni bilish zarur?