O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. U 2016-yilgi tennis mavsumidagi ishtirokini Avstraliyaning Brisben shahrida start olgan turnirdan boshladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
5-yanvar kuni o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik tennischi qozog‘istonlik Mixail Kukushkinga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan bahsda Kukushkin 6:2, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Kukushkin ikkinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi yaponiyalik Kei Nisikori bilan bahs olib boradi.
Mukofot jamg‘armasi 461 330 dollardan iborat musobaqa oldidan Denis Istomin dunyo reytingida 61, Kukushkin esa 65-o‘rinni egallab turgandi.
Izoh (0)