Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bundan olti yil avval hayotdan ko‘z yumgan Maykl Jeksonning Thriller nomli mashhur musiqiy albomi AQShda 30 million nusxada tarqalgan tarixdagi birinchi plastinka bo‘ldi. Bu haqda Amerika ovoz yozish kompaniyalari assotsiatsiyasi (RIAA) vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

“RIAA plastinkalarga ‘oltin’ va ‘platinali’ maqomini 60 yildan beri taqdim etib keladi, ammo albom 30 million nusxada tarqalgani tarixda birinchi marta qayd etilishi”, — deyiladi assotsiatsiya bayonotida. Disk RIAA tomonidan “oltin” deb tan olinishi uchun 500 ming nusxada sotilishi kerak, ushbu ko‘rsatkich 1 milliondan oshganda esa unga “platinali” maqomi beriladi.

1982-yilda dunyo yuzini ko‘rgan Thriller oradan ikki yil o‘tib faqat AQShning o‘zida 20 milliondan ziyod nusxada sotildi. RIAA ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib mazkur albom butun dunyoda 100 milliondan oshiq nusxada tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Maykl Jekson eng boy marhum mashhurlar reytingida boshchilik qilayotgani, u olamdan o‘tgandan beri keltirgan daromad 1 milliard dollardan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak