Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Fransiya maxsus xizmatlari 2010-yildan buyon Parijning “Bataklan” konsert zalida ehtimoliy terakt xavfi haqida ma’lumot olgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Fransiyaning Le Canard enchaine nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: NBC News

Foto: NBC News

Xavf haqidagi axborot 2009-yil fevralida Qohiradagi Fransiya litseyi o‘quvchilariga qarshi uyushtirilgan teraktni tekshirish chog‘ida yuzaga chiqqan. O‘shanda fransiyalik tergovchilar “Bataklan”ga hujum tashkil qilishni rejalashtirgan belgiyalik radikal Faruq Abbos ism-sharifini aniqlagan.

2010-yilda Abbos hibsga olingan, biroq yetarlicha dalillar bo‘lmagani tufayli, ikki yildan so‘ng sud ishi yopilgan. Shu bilan birga, Abbos IShIDning Parijdagi hujumlarga aloqasi borligini ma’lum qilgan ekstremist Fabyen Klen bilan tanish bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13-noyabr kuni teraktlar ketma-ketligi sodir etilib, qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi yaralangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi