Jahonning eng chiroyli 11 bayram archasi (fotogalereya)
Derazadan qanday manzara ko‘rinayotganining — hammayoqni qor qoplaganmi yoki bir saf bo‘lib palmalar qad rostlaganmi, ahamiyati yo‘q: Yangi yil aksariyat odamlar uchun bir xilda uzoq kutiladigan va quvonch ulashuvchi bayramdir, deb yozadi AdMe.
Albatta, bu bayramni o‘ziga xos asosiy belgisi — archasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘z bayram archasi bor hamda uni tomosha qilgani mahalliy aholi va hatto sayyohlar ham keladi.
Quyidagi fotojamlanmada jahonning turli burchaklarida qad rostlagan va haqiqatan ham hayratga soluvchi bayram archalari bilan tanishish imkoni bor.
Parij, Fransiya
Foto: AdMeBalandligi 25 metr bo‘lgan bu archa Fransiyadagi Galeries Lafayette univermagini bezab turibdi
Melburn, Avstraliya
Foto: AdMeYarim milliondan ortiq Lego bo‘lakchalaridan qurilgan bayram archasi
Vilnyus, Litva
Foto: AdMeKafedral maydondagi Milliy archa
Nyu-York, AQSh
Foto: AdMeRokfeller-sentrdagi bayram archasining o‘ziga xos ochilishi
Tegusigalpa, Gonduras
Foto: AdMeO‘zining hajmi va noodatiyligi bilan mazkur archa Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan. Uni qurishda qariyb 3 ming kishi qatnashgan
Gubbio, Italiya
Foto: AdMeGubbio aholisi — haqiqiy baxtiyor insonlardir, chunki ular bayramona bezatilgan archani shaharning istalgan nuqtasidan tomosha qila oladi: archa Injino tog‘ida joylashgan. Yangi yil go‘zalining balandligi 650 metrdan ortiq, u 1991-yili Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan
Taybey, Tayvan
Foto: AdMeYorug‘lik diodli bu daraxtning balandligi deyarli 36 metrga yetadi. Bayramga bir oy qolganida, bu yerda quyosh botganidan so‘ng har yarim soatda chiroqli shou tashkil etiladi
Rio-de-Janeyro, Braziliya
Foto: AdMeBu eng baland bayram archasi, uning balandligi 82 metr. Archa Lagoa ko‘li o‘rtasidagi maxsus suzib yuruvchi platformaga o‘rnatilgan. Daraxt har yili turlicha bezatiladi va har xil mavzularda chiroqli shoular uyushtiriladi
Vashington, AQSh
Foto: AdMeMilliy bayram archasi. Bayramning bosh mezboniga aylanish uchun bu daraxt Alyaskadan qariyb 7 ming kilometr “yo‘l bosib kelgan”
Biblos, Livan
Foto: AdMe35 metrli bu bayram archasi jahonning eng qadimiy port-shahrida joylashgan
Turin, Italiya
Foto: AdMe
Pyatssa Kastelloda original bayram archasini tomosha qilib, zavq olish mumkin
Izoh (0)