Nyu-Yorkdagi zargarning seyfidan 5 milliondan 10 million dollargacha qiymatga ega bo‘lgan olmoslar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda New York Daily News nashri bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Zargar Jonatan Birnbaum, ofisdagi seyfida bo‘lgan olmoslarning yo‘qolganligi 9-dekabr, chorshanba kuni aniqlanganligini politsiyaga ma’lum qilgan.
Birnbaumning ta’kidlashicha, u olmoslarni uchta yog‘och qutiga joylashtirib, seyfga 24-noyabr kuni yashirib qo‘ygan.
Saqlanayotgan boshqa qimmatbaho buyumlardan foydalanishga oson bo‘lishi uchun ish vaqtida seyf ochiq turishini zargar tan oldi. U o‘g‘irlangan olmoslardan kam foydalanganligini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, ayni damda politsiya seyfdan foydalanishga imkoniyati bo‘lgan besh nafar ofis ishchilarini qidirmoqda.
Izoh (0)