Odamlar qanday o‘zgargan: Bir kishi turli davrlarga mansub 17 portretda (foto)
Rassom Uendi Arbayt o‘zining turli davrlar ruhidagi 17 portretini tayyorladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Foto: Meduza
Portretlarni tayyorlash uchun rassom bir yildan ko‘proq vaqt sarfladi. Arbayt erinmasdan liboslar tanladi, tarixiy hujjatlarni o‘rgandi, eBay orqali kerakli buyumlarni izladi.
Rassomning so‘zlariga ko‘ra, (1850- va 1860-yillardan tashqari qolgan) barcha liboslar o‘z davriga mansub. Suratlarni eskirtirish uchun rassom, jumladan, choy va loydan foydalangan.
Izoh (0)