Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

iOS uchun “Mail.ru pochta” dasturi o‘ziga maktub jo‘natish funksiyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Mail.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Mail.ru”

Foto: “Mail.ru”

Mail.Ru Group  hisob-kitoblariga ko‘ra, foydalanuvchi har beshinchi maktubni o‘ziga jo‘natadi. Shu sabab kompaniya bu jarayonni imkon boricha soddalashtirishga qaror qildi.

“Mail.ru pochta”ning yangi versiyasida “O‘zimga maktub” funksiyasi kiritildi, u iOS'dagi “Bo‘lishmoq” panelida “O‘zimga jo‘natish” nomli yangi knopkani qo‘shadi. Uni bosib, foto, qaydlar, havolalar va shu kabi manbalarni (jumladan, boshqa dasturlardan ham) avtomatik ravishda jo‘natish mumkin. Maktub foydalanuvchi dasturga qaysi elektron manzil orqali kirgan bo‘lsa, shunga keladi.

Yangi funksiyadan iOS 8 va undan keyingilari o‘rnatilgan barcha iPhone, iPad hamda iPod touch qurilmalarida foydalanish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi