Ekspertlar AQSh, Yevropa va Rossiyadagi eng xaridorgir avtomobil rusumlari ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar beradi “Carzone.uz”.
Rossiya bozorida o‘rtacha kattalikdagi sedan va V-klass xetchbeklari savdosi qizg‘in, bu qatorga kichik krossoverlarni ham qo‘shish mumkin, masalan, Renault Duster. 2015-yil yanvar—sentabr oylarida eng xaridorgir o‘nlik boshida Lada Granta, ikkinchi o‘rinda Hyundai Solaris, uchinchi o‘rinda esa Kia Rio turibdi.
Yevropaliklar ham V va S-klassdagi ixcham avtomobillarni xush ko‘rishadi, shu bilan birga sedan emas, xetchbekning bozori chaqqon. 2015-yilning o‘tgan 9 oyi tahliliga ko‘ra Volkswagen Golf Yevropa avtobozorida eng ko‘p sotilgan avtomobil. U ikkinchi o‘rindagi Volkswagen Polo avtomobilidan ikki barobar yaxshi natija ko‘rsatgan. Bundan tashqari beshlikdan Renault Clio, Ford Fiesta va Opel Corsa mashinalari joy olgan. Aytish kerakki, Ford Focus va Peugeot 208 ni hisobga olmaganda o‘nlikdagi boshqa avtomobillarning reytingda ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Shimoliy Amerikada esa xaridorlar kattakon pikaplar, yo‘ltanlamas, yirik sedan va universal mashinalarni ma’qul ko‘rar ekan. 2015-yil yanvar—sentabr oylari tahliliga ko‘ra, eng bozori chaqqon Ford F-Series, ikkinchi o‘rinda Chevrolet Silverado, uchinchi o‘rinda esa Dodge RAM avtomobilidir. Umumiy tahlilda Toyota Camry, Honda Accord va Honda Civis savdosi susaygani qayd etildi.
Izoh (0)