Italiyaning sobiq bosh vaziri, milliarder Silvio Berluskoni Sardiniyada joylashgan mashhur “Chertoza” villasini sotish fikriga qaytdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Shu kunlarda Berluskoni bu o‘ziga xos obyekt bo‘ylab Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, ichki ishlar vaziri Muhammad bin Naif uchun besh soatlik ekskursiya uyushtirdi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, villa uchun e’lon qilingan narx 500 million yevroni tashkil etib, ushbu bitim yuzasidan muzokaralar bir necha oydan buyon davom etmoqda. “Chertoza” villasining yangi sohibi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)