Pop musiqa qiroli Maykl Jekson 50 yoshida deyarli bankrotlik holatida vafot etgan edi. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, iste’dodli musiqachi, son- sanoqsiz kompozitsiya va kliplar muallifi, mukofot va rekordlar sohibi oxir-oqibatda deyarli bir chaqasiz qolgan edi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Bugungi kunda, Jeksonning o‘limidan olti yil o‘tib, uning oilasi hamon uning nomidan foydalanib pul ishlamoqda. G‘arb OAVlarining oxirgi ma’lumotlariga qaraganda, Mayklning farzandlari – 18 yoshli Prins, 17 yoshli Peris va 13 yoshli Blanketlar hozirgi vaqtda o‘zlarining mashhur otasidan boyroqdir. Maykl Jekson vorislaridan har birining mol-mulki 100 million dollarga baholanmoqda.
Manbalarda aytilishicha, uning o‘limidan buyon ikki milliard dollar pul ishlangan.
Izoh (0)