Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avariyaga uchragan “Fukusima-1” AES operatori – TEPCO (Tokyo Electric Power Company) kompaniyasi Fukusima prefekturasida yashash uchun yaroqsiz holatga kelgan tumanlardan ko‘chirib yuborilgan aholiga 5 trillion iyen (taxminan 40,6 milliard dollar) tovon puli to‘ladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Yashash uchun yaroqsiz deb topilgan hududdan 81 ming kishi evakuatsiya qilingan. 50 ming kishi o‘z ixtiyori bilan kamroq zararlangan hududga ko‘chib o‘tgandi, ammo radiatsiya oshishi xavfi tug‘ilganidan keyin ular boshqa yerlarga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Ularning barchasi moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun tovon puli olish huquqiga ega bo‘ldi. May oyi oxiriga kelib TEPCO tomonidan to‘langan kompensatsiya miqdori 4,96 trillion iyen (taxminan 40,36 milliard dollar)ni tashkil qilgandi.

Bundan tashqari, hukumat tomonidan kompensatsiyalarni to‘lash va TEPCO kompaniyasi reaktorlarini demontaj qilish uchun maxsus tashkil qilingan Davlat korporatsiyasi 4,87 trillion iyen (39,6 milliard dollar) miqdorida mamlakatdan yordam puli oldi.

2011-yil 11-martida “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida yuzaga kelgan avariya natijasida atmosfera va dengizga radiatsiya tarqalgan. Radiatsiya bilan zararlangan hududlardan 130 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan. Avariya oqibatlarini batamom bartaraf etish, shu jumladan reaktorlarni qismlarga ajratishga 40 yil kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi