Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Keniyalik huquqshunos Feliks Kiprono AQSh prezidenti Barak Obamaning to‘ng‘ich qizi Maliyaga uylanishni istashini va qalin sifatida 70 ta qo‘y, 50 ta sigir va 30 ta echki berishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Kiprono Obama iyul oyida Keniyaga tashrif buyurganida uning qiziga turmush qurish taklifini bildirmoqchi. “Hozir men Obamaga xat yozmoqdaman, unda prezidentdan Maliyani Keniyaga o‘zi bilan olib kelishini so‘rayman”, — dedi u.

Erkakning ta’kidlashicha, uning Barak Obamaning qiziga bo‘lgan muhabbati “chin” va Amerika prezidenti oilasining boyligiga hech qanday aloqasi yo‘q.

“Men Maliyaga bu yerdagi ayollar bajaradigan ro‘zg‘or yumushlarini — sigir sog‘ish, makkajo‘xoridan bo‘tqa pishirish, qatiq tayyorlashni o‘zim o‘rgataman”, — deya qo‘shib qo‘ydi Feliks Kiprono.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik