Qozog‘iston Rossiyaning “Angara” tashuvchi raketasi bazasida “Bayterek” kosmik raketa majmuasi qurilishi uchun 780 million dollar ajratadi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi aerokosmik qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Meirbek Moldabekovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘da faqat dastlabki ma’lumotlar aks etgan va unga hozirda olib borilayotgan qo‘shimcha ishlar qo‘shilishi kerak.
Ma’lumot uchun, Boyqo‘ng‘ir kosmodromida “Bayterek” kosmik raketa majmuasini qurish to‘g‘risidagi shartnoma Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2004-yilda imzolangan.
Izoh (0)