Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston avtomobil bozori 2015-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, dunyoning eng yirik avtobozorlari reytingida 43-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Foto: Uzbekistan Today

Foto: Uzbekistan Today

Jahon avtomobil bozori tahliliga ixtisoslashgan Focus2move konsalting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston bozori 5 pog‘onaga yuqorilagan (2014-yilda 48-o‘rin).

Mart yakunlari bo‘yicha o‘zbek avtobozori avtomobil sotish global bozorining 0,2 foizini egalladi. O‘zbekistonda birinchi uch oyda 52 005 ta, martda 17 910 ta avtomobil sotildi. 2014-yilning birinchi choragi bilan solishtirganda kamayish 10 foizni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi