Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mart oxirida Facebook Yevropa Kengashi talablariga qaramay, maqsadli reklama ehtiyojlari uchun shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishdan bosh tortgan foydalanuvchilar faolligini kuzatishda davom etgani ma’lum bo‘lgan edi, deb yozadi “3dnews.ru”.  Ammo kompaniya ushbu qonunbuzarlikning jiddiyligini qayd etishni istamayapti.

Foto: 3dnews.ru

Foto: 3dnews.ru

Chunonchi, u foydalanuvchilar Facebook sheriklariga shaxsiy axborot bermaslik imkoniyatidan deyarli mahrum ekanligi haqidagi gaplarni noto‘g‘ri deb atadi va foydalanuvchilar ijitmoiy reklamada ishtirok etmasliklari mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, ayblovlarda qayd etilishicha, foydalanuvchi ijtimoiy reklamada qatnashishdan bosh tortganidan keyin ham, turli qurilmalarda eski cookie qaydlari o‘chmasdan, ishlashda davom etadi, demakki, ushbu ijtimoiy tarmoqdan umuman foydalanmaydiganlarda ham bunday cookie mavjud bo‘ladi.

Facebook bu faktni tan oldi, biroq buni oddiy xatolikka yo‘ydi va ushbu kamchilikni tez orada tuzatishga va’da berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Rasman: Domeniko Tedesko — Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi 
Mahalliy
O‘zbekistondagi uylar zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat beradi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aniqlik kiritdi
Madaniyat
“Professional raqqosa bo‘ladi, deb o‘ylamaganmiz”. Parizodaning onasi uning bolalikdagi kasalligi tufayli raqsga bergani haqida (video)