Muhojirlarni olib keayotgan kema Gaiti sohili yaqinida halokatga uchrashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Alta Jan-Batistning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar Providensyales orolidan Karib dengizidagi Tyorks va Kaykos arxipelagiga ketayotgan bo‘lgan. Kema bortida 50 ga yaqin kishi bo‘lgan.
Ob-havo yomonlashgani bois ular ortga qaytmoqchi bo‘lgan, biroq kema halokatga uchragan. Qurbonlarning jasadlari Gaiti poytaxti Port-o-Prensdan bir necha kilometr shimolroqda joylashgan Le-Boen shahri yaqinidagi sohildan topilgan. 12 kishining hayoti qutqarib qolingan.
Izoh (0)