Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-mart kuni bortida Vashington tomonidan NATOning Sharqiy Yevropadagi “Atlantika qat’iyati” operatsiyasi uchun jo‘natilgan 100 dan ortiq zirhli texnikasi bo‘lgan AQShning “Liberti Promis” kemasi Riga portiga kirib keldi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Operatsiyaning maqsadi – Latviya, Litva, Estoniya va Polshani Rossiya tomonidan agressiya harakati amalga oshirilgan taqdirda blokning boshqa a’zolari so‘zda emas, amalda qo‘llab-quvvatlashiga ishontirish ekanligi aytilgan.

Yuqoridagi davlatlarning har birida oltitadan zirhli texnika qoldiriladi. Texnika va harbiy xizmatchilarning asosiy qismi Germaniyada joylashadi. Rossiya bilan chegaradosh NATO davlatlarida yirik harbiy qismlarni joylashtirish ko‘zda tutilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi