Toshkentda O‘zbekiston televideniyesining eng taniqli suxandonlaridan biri Rahmatilla Mirzayev o‘ldirib ketildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: Facebook / Muslimbek Yo‘ldoshev

Foto: Facebook / Muslimbek Yuldashev

Bu haqda marhumning hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshev o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Mirzayevning boshqa hamkasblari ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor Rahmatilla Mirzayev sentabr oyida 60 yoshni qarshi olgan edi.