O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning konserti haqidagi fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
“13-fevral kuni Gulsanamning jonli ijroda bo‘lib o‘tgan konsert dasturiga oilaviy bordik, – dedi Mavluda Asalxo‘jayeva. – Ochig‘i, Gulsanamning jonli ijrosiga tan berdim. Bu yil o‘tgan yilgidan-da puxta tayyorgarlik bilan O‘zbekiston xalq artisti unvoniga yarashadigan yo‘l tutdi. Mazmunli qo‘shiqlariga shaydo bo‘ldim. Professional xonanda sifatida Gulsanamning ijrosida “falsh” sezmadim. Bu xonandaning o‘z ustida ishlashidan darak.
Rosti, noyabr oyida o‘tkazishni rejalashtirgan konsertimni jonli ijroda o‘tkazsammi, deb o‘ylab qoldim. Chunki konsertga tashrif buyurgan muxlislar chindan-da ma’naviy ozuqa olgani va madaniy xordiq chiqarganiga guvoh bo‘ldim”.
Ma’lumot o‘rnida, Gulsanam Mamazoitovaning konsert chiptalari nogironlar, keksalar va boquvchisini yo‘qotganlarga bepul tarqatilgan.
Izoh (0)