Venesuelaning San-Kristobal shahrida o‘tkazilgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida o‘smir bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Halok bo‘lgan litsey o‘quvchisining yoshi 14 da bo‘lgan. Hozircha o‘limning aniq sababi ma’lum bo‘lmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.
Mahalliy matbuotning qayd etishicha, fojea namoyishchilar va politsiyachilar to‘qnashuvi yuz bergan Katolik universiteti yaqinida sodir bo‘lgan. O‘smirning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib bir kishi qo‘lga olingan.
Izoh (0)