Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook kompaniyasi o‘zining Internet.org loyihasiga Hindistonni ham kiritib, u yerdagi oltita shtatni bepul tayanch onlayn-servislar bilan ta’minladi. Bu haqda Facebook bosh direktori Mark Sukerberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Mark Zuckerberg

Foto: Facebook / Mark Zuckerberg

“Biz hozirgina Hindistonda Internet.org’ni ishga tushirib, oltita shtatdagi kishilarni sog‘liqni saqlash, ta’lim, ish qidirish va muloqot uchun bepul internet-servislarga uladik. Hindistondagi bir milliarddan ortiq kishi internetga kira olmaydi — bu shuni bildiradiki, ular bizning ko‘pchiligimiz borliq deb biluvchi imkoniyatlardan mahrumdir, dunyo esa ularning g‘oya va ijodlaridan mosuvo”, — deb yozadi Sukerberg.

Facebook rahbari so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning oltita shtati aholisi 30 dan ziyod internet-servislarga, jumladan Wikipedia, BBC yangiliklari va Facebook’ka bepul ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar