O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan “Qirol Kubogi” xalqaro turnir tashkilotchilari va Koreya Futbol Uyushmasiga rasmiy xat yozib, 1-fevral kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston − Janubiy Koreya (0:1) uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar keltirib chiqargan noxush vaziyatlar uchun uzr so‘radi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi terma jamoalari rahbariyat ushbu vaziyat yuzasidan majlis chaqirdi va mazkur mojarolarni keltirib chiqargan ikki futbolchiga tegishli chora ko‘rilishi haqida qaror qabul qildi”, − deyiladi maktubda.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining a’zolari Tohir Shamsiddinov va Jaloliddin Masharipovlarga, shuningdek, ular o‘ynaydigan klub tomonidan ham chora qo‘llaniladi. Murabbiylar shtabi bilan esa tushuntirish ishlari olib boriladi.
Shu bilan birga ushbu mojaroning Tailand va Koreya Futbol Uyushmalari bilan o‘rnatilgan yaxshi aloqalarga ta’sir qilmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘riladi.
Izoh (0)